"Real" 50 million evroga himoyachi sotib olmoqchi

  • 16 dekabr, 16:24
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" mudofaa chizig‘ini kuchaytirish uchun "Tottenxem" himoyachisi Mikki Van de Venni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "E Noticies" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, "qirollik klubi" niderlandiyalik futbolchini 50 million evroga sotib olishni rejalashtirmoqda. Madridliklar raxbariyatining fikriga qo‘ra agar Mikkining o‘zi "shporlar"dan uni qo‘yib yuborishni talab qilsa, ushbu summaga transfer amalga oshishi mumkin. 

24 yoshli futbolchining hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 65 million evroni tashkil etadi. Uning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakunlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Van de Ven joriy mavsum Tomas Frank qo‘l ostida 22 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 6 ta gol kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!