“Real” 150 million evroga kutilmagan transferni amalga oshiradi

  • 25 noyabr, 06:48
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real Madrid” Bukayo Sakani nishonga olgan va so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Arsenal”ni ko‘ndirish uchun 150 million evroga yaqin ko‘p millionli taklif tayyorlamoqda.

Tecno

“Qirollik klubi” angliyalik vingerni Xabi Alonso loyihasi uchun ideal figura, deb hisoblamoqda. Ayniqsa, Rodrigo va Vinisius Junior jamoani tark etishi mumkinligi Bukayo Sakani madridliklar uchun jozibador variantga aylantirmoqda.

Florentino Peresning Bukayo Sakaga futbolchi Chempionlar Ligasi doirasida “Real”ga qarshi o‘yinidan keyin kuchaydi. Angliyalik futbolchi gol urdi, himoyachilarni aldab o‘tdi va o‘zining xarakterini namoyish eta oldi.

Bosh murabbiy Xabi Alonso uchun Saka shunchaki iste’dodli o‘yinchi emas: u uning o‘yin uslubiga mos keladigan o‘ng qanot vingeri roliga ideal tarzda mos tushadi. Tezligi, pas berish qobiliyati va gol urish mahorati tufayli angliyalik futbolchi hujumda asosiy o‘yinchiga aylanadi. Bundan tashqari, uning yoshligi va salohiyati klubni qayta qurish bo‘yicha ambitsiyali loyihaga to‘liq mos keladi.

Xabarlarga ko‘ra, “Real”  Madrid» shu yozda o‘yinchini sotib olish uchun 120 million evro miqdoridagi dastlabki taklifni allaqachon ma’qullagan. Biroq, yangi manbalar bu summaning 150 million evrogacha ko‘tarilishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!