
"Real" 15 yoshli futbolchiga qiziqmoqda
"Real" Madrid "Palmeyras"ning 15 yoshli futbolchisi Endrikni qo‘lga kiritish arafasida. Klub allaqachon yosh iqtidor vakillari bilan muzokara o‘tkazmoqda.
"Goal.com" xabariga ko‘ra, "blankos" Braziliya jamoasidan yana ko‘p futbolchilarni xarid qilish niyatida. Shuningdek, ispan klubi o‘z tarkibida braziliyalik iste’dodli o‘yinchilar sonini oshirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Endrikdan tashqari "qirollik klubi"da Vinisius, Rodrigo, Eder Militao, Marselo va Kazemiro kabi futbolchilar to‘p surmoqda.
"Real" bilan bir qatorda, yosh Endrikni APLning MYu, "Liverpul", "Manchester Siti" singari jamoalari jiddiy kuzatyapti.
Fikrlar