"Real" 15 yildan ziyod vaqtdirki, chempionatdagi ilk o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchramay kelmoqda
Madridning "Real" klubi La Ligadagi yangi mavsumni g‘alaba bilan boshladi. Xabi Alonso shogirdlari 1-turda "Osasuna"ni minimal hisobda (1:0) mag‘lub etdi.
Qayd etish joiz, "qirollik klubi" so‘nggi bor chempionatning start bahsida 2008 yili mag‘lubiyatga uchragan. O‘shanda "Deportivo" madridliklarni 2:1 hisobida taslim etgan edi.
Endilikda "Real" 2-turda "Ovedo"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 24 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar