
“Real” 100 million evrolik transferga qo‘l urmoqda
“Real” joriy mavsum davomida himoya chizig‘ida katta muammolarga duch kelgani sababli yozgi transferlar vaqtida mudofaa pozitsiyasini yangi ijrochilar bilan kuchaytirishga harakat qiladi.
Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, madridliklar “Arsenal”ning etakchi himoyachisi Vilyam Salibani nishonga olgan. Frantsiyalik futbolchini olish uchun “Qirollik klubi” 100 million evro tikishga tayyor.
24 yoshli Saliba jahonning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri hisoblanadi. Mikel Arteta bosh murabbiyligidagi “Arsenal”ning himoya chizig‘ini aynan Vilyam boshqaradi.
Saliba tezkorligi, o‘yinni o‘qish qobiliyati va jismoniy kuch-quvvati bilan ajralib turadi. Garchi frantsiyalik himoyachi “kanonirlar” jamoasida o‘z o‘rniga ega bo‘lsa-da, madridliklar tikayotgan summa “Arsenal”ni o‘yinchini qo‘yib yuborishga ko‘ndirishi mumkin.
Fikrlar