“Real”, yulduzingni bizga ber!
“Manchester Yunayted” rahbariyati jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun “Real” tarkibiga sig‘mayotgan braziliyalik forvard Endrikni olishga qaror qildi.
Bu haqda Caught Offside axborot tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, 19 yoshli hujumchi yanvar oyida ijaraga ketadi. Madridliklarning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso iqtidorli hujumchiga tarkibdan joy topib berolmayapti.
Endrikning o‘zi esa, Evropaga katta maqsadlar bilan kelgan va vaqtini zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazmoqchi emas.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, iqtidorli o‘yinchini qishki transferlar vaqtida ijaraga olish uchun kamida sakkizta klub da’vogarlik qilmoqda. Endi ular qatoriga “Manchester Yunayted” ham qo‘shildi.
“Qirollik klubi” Endrikni 2024 yilning yozida “Palmeyras”dan 47,5 million evroga transfer qilgan edi. Xabi Alonso boshqaruvni qo‘lgan olgandan beri yangi mavsumda braziliyalik legionerni biror marotaba maydonga tushirmadi.



Fikrlar