“Real” o‘zgarishlar tufayli uch-to‘rtta muhim o‘yinchisini yo‘qotadi

  • 7 iyun, 2024, 20:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati bir necha mavsumdan beri kutilayotgan orzusiga etishib, Kilian Mbappeni qo‘lga kiritdi.

Tecno

Endi mavsumlar orqalida murabbiylar shtabi tarkibni tartibga solishiga to‘g‘ri keladi.

Transfer mutaxassislarining ta’kidlashicha, yozda madridliklar bir necha muhim o‘yinchisidan ayrilishi mumkin.

Birinchi navbatda, asosiy tarkibda o‘ynay olish qobiliyatini namoyish qilgan ukrainalik darvozabon Andrey Lunin ketishni ko‘zlamoqda. U belgiyalik hamkasbi Tibo Kurtuaning soyasida o‘tirmoqchi emas va shu bois madridliklar bilan yangi bitim imzolashga shoshilmayapti.

Karlo Anchelotti jamoa faxriysi Luka Modrichni yana bir yilga olib qoldi. Bu yosh iste’dod Arda Gyulerning ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Turk futbolchisini Joze Mourino “Fenerbahche”ga chaqiryapti.

Shuningdek, kelasi mavsumda Rodrigo, Braim Dias va Eduardo Kamavinganing o‘yin vaqti qisqarishi kutilmoqda. Yana bir iste’dodli futbolchi Deni Sebalos ham klubdan ketishga qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!