
"Real", MYu va Portugaliya terma jamoasi sobiq murabbiyi ishsiz qoldi
Kolumbiya futbol federatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Karlos Keyrush ishdan bo‘shatilgani haqida rasmiy bayonot berdi.
"Keyrush ikki yil mobaynida o‘z bilimlari va tajribalarini biz bilan o‘rtoqlashdi. U bilan ishlash bizga katta yutuq bo‘ldi. Sizning futbolimizga qo‘shgan hissangiz boshlagan loyihalarimizni davom ettirishda qo‘l keladi. Professor Karlush Keyrush keyingi faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz", - deyilgan bayonotda.
67 yoshli mutaxassis qo‘li ostida terma jamoa 18 ta o‘yin o‘tkazib, 9 g‘alaba, 5 durang va 4 mag‘lubiyat qayd etdi.
Keyrush faoliyati davomida "Sporting", "Real" klublari va Portugaliya, Eron terma jamoalarini boshqargan. Shuningdek, u besh mavsum mobaynida "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Aleks Fergyusonga yordamchilik qilgan.
Fikrlar