"Real", MYu va "Arsenal" "Lill" futbolchisi uchun kurashadi
Evropa grandlari frantsiyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. "Footmercato" nashrining xabar berishicha, huquqlari "Lill"ga tegishli bo‘lgan 18 yoshli futbolchi Ayyub Buaddi Evropaning etakchi klublaridan birida o‘ynashi mumkin.
Manbaning xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted", "Real Madrid" va "Arsenal" istiqbolli xavbekka qiziqish bildirmoqda. Frantsiya klubi esa taxminan 60 million evro taklif qilinsa, futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.
"Transfermarkt" futbolchining bozor qiymatini 30 million evroga baholamoqda. Buaddining "Lill" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirida tugaydi.



Fikrlar