"Real", "Manchester Siti", PSJ,"Chelsi"....Ular qatoriga "Liverpul" ham qo‘shildi
"Milan" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Rafael Leau faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda CalcioMercato.
Manbaning xabariga ko‘ra, ingliz grandi 23 yoshli futbolchini yozgi transfer oynasida sotib olmoqchi. Mersisaydliklar uni arzon narxda sotib olishga umid qilishmoqda, chunki uning milanliklar bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.
"Milan" o‘z navbatida futbolchi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi. Avvalroq, portugaliyalik futbolchiga "Real", "Manchester Siti", PSJ va "Chelsi" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.
23 yoshli Leau joriy mavsum «Milan» safida barcha turnirlarda jami 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar