“Real”, bu yulduzni tez yo‘qot!

  • 9 dekabr, 2024, 14:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik jurnalist Xulio Maldonado frantsiyalik yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini “Real” tarkibidagi eng zaif o‘yinchi ekanini ta’kidlab, uni qattiq tanqid qildi.

Tecno

Jurnalistning fikricha, 24 yoshli legioner joriy mavsumda juda bo‘sh o‘ynamoqda.  

- Tchuameni rasvo o‘ynamoqda, “Real” bu futbolchini imkon qadar tezroq yo‘qotishi kerak. Tayanch yarim himoyachi baquvvat va harakatchan bo‘lishi kerak. Edoardo Kamavinga jarohatdan qutilib, asosiy tarkibga qaytganidan keyin Tchuameni zaxiraga mixlanishiga ishonchim komil.

Kelajakda nima bo‘lishini bilmayman, lekin “Real” Tchuameni bo‘yicha taklif tushadigan bo‘lsa, uni sotib yuboradi, - dedi Xulio Maldonado.

Orelen Tchuameni “Bordo” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Qirollik klubi” uni 2022 yilning yozida 80 million evroga transfer qilgan. Yarim himoyachining madridliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!