"RB Leyptsig" tez orada "yangi Xames Rodriges" bilan shartnoma imzolaydi

  • 7 sentabr, 2020, 17:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Berlinning "Gerta" klubi yarim himoyachisi Lazar Samarjich katta ehtimol bilan faoliyatini "RB Leyptsig"da davom ettiradi.

Tecno

Bild nashrining yozishicha, 18 yoshli futbolchi bugun yoki ertaga “buqalar” bilan shartnoma imzolaydi. Uning transferi esa 1 million evroga ham etmasligi aytilmoqda.

Mutaxassislar Samarjichni uslub jihatidan kolumbiyalik yarim himoyachi Xames Rodrigesga qiyoslashmoqda. Uning sotib yuborilishi esa muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Lazar o‘tgan mavsum “Gerta” safida bor yo‘g‘i 3 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!