Raysga La Liga grandi ko‘z tikkan, "Arsenal" esa unga narx belgiladi

  • 7 noyabr, 19:40
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachi Deklan Raysning xaridorlari uchun narx belgiladi.

Tecno

"Fichajes" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, "kanonirlar" angliyalik futbolchi uchun 150 million evro talab qilmoqda. Biroq, shu bilan bir qatorda londonliklar futbolchini qo‘yib yuborishni xohlamayapti. Sababi, Raysga jamoaning asosiy futbolchisi sifatida qaralmoqda. 26 yoshli futbolchi uchun Madridning "Real" klubi asosiy da’vogar hisoblanadi. Yarim himoyachining "Transfermarkt"dagi narhi 120 million evroni tashkil etadi. 

Ma’lumot uchun, Rays joriy mavsum barcha turnirlarda umumiy 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!