Rayan Garsiyadan jiddiy yurish yoxud u chempionlik jangida ringga ko‘tariladi

  • 2 iyul, 2020, 09:54
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBC tashkiloti engil vaznda WBC Silver kamari sohibi bo‘lgan amerikalik Rayan Garsiya va Lyuk Kempbell jangiga buyruq berdi. Jang ushbu vaznda WBC vaqtinchalik chempionlik kamari uchun bo‘lib o‘tadi va g‘olib WBC yo‘nalishida jahon chempioni hisoblanuvchi Devin Xeyniga majburiy da’vogar bo‘ladi.

Tecno

21 yoshli Rayan Garsiya (20-0 , 17 KO) jahon boks ommasi tomonidan yuqori qiziqishga sabab bo‘layotgan yosh iqtidorlardan biri hisoblanadi. U o‘zining oxirgi jangida Fransisko Fonsekani ( 25-3, 19 KO) birinchi raundning o‘zida nokautga uchratgan edi.

32 yoshli London Olimpiadasi chempioni Lyuk Kempbell (20-3, 16 KO) esa, so‘ngi marta WBC jahon chempionlik kamari uchun ukrainalik Vasiliy Lomachenkoga (14-1, 10 KO) qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar hisobida mag‘lub bo‘lgandi. Hozirda Kempbell WBC  reytingida ikkinchi, Rayan Garsiya esa, uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz: Ushbu vaznda WBC chempioni Devin Xeyni (24-0, 15 KO) hisoblanadi. Ammo Vasiliy Lomachenko WBCning “Franchise” maqomidagi chempioni bo‘lib, jahon chempionidan mavqe jihatidan ustun turadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!