
Ravshanbek Umurzaqov 7 noyabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi
Professional boksning engil vazn (61.2 kg) toifasida o‘z janglarini o‘tkazadigan hamyurtimiz Ravshanbek Umurzaqov (10-1, 7 KO) 7 noyabr kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi. RCC Boxing tomonidan Rossiyaning Ekaterinburg shahrida tashkil etilayotgan jang kechasida yurtdoshimiz mag‘lubiyatsiz odimlayotgan ukrainalik Zoravor Petrosyanga qarshi ringga ko‘tariladi.
Aslida, ular o‘rtasidagi jang 12 sentyabrda o‘tkazilishi kerak edi. Biroq hamyurtimiz ushbu jangga etib bora olmagan edi.
Ukrainalik charmqo‘lqop ustasi faoliyati mobaynida 9 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘olib bo‘lgan va to‘rt marotaba jangni muddatidan avval yakunlagan.
Fikrlar