Ravshan Haydarov: Raqibning hujum va yarimhimoyasida tezkor futbolchilar bor, biroq biz ham o‘zimizning rejamiz bo‘yicha maydonga tushamiz

  • 14 mart, 2023, 12:48
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Janubiy Koreyaga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

Ertangi o‘yin haqida:

Barchaga assalomu alaykum. Avvalambor, bu bosqichga etib kelgan jamoalarni tabriklayman. Shu o‘rinda, muxlislarimizga, futbolchilarga, ularning ota-onalari hamda tarbiyalagan murabbiylariga minnatdorchilik bildiraman.

Ertaga bizni muhim uchrashuv kutib turibdi. Tiklanish-tayyorgarlik jarayonlari reja bo‘yicha yaxshi o‘tdi, o‘ylaymanki, yarim finalda o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan natijani qo‘lga kiritamiz.

Futbolchilarning ayni paytdagi holati haqida:

Biz terma jamoaga eng munosib nomzodlarni chaqirganmiz. Bizda 23 nafar kuchli futbolchi bor. Ular individual mahoratli. Lekin biz uchun jamoaviy o‘yin muhim hisoblanadi. Aynan shuning ustida doimiy ishlab boryapmiz va e’tiborimizni shunga qaratganmiz.

Koreyaga qarshi o‘yin uslubi haqida:

Avstraliyaga qarshi o‘tgan bahsda juda ko‘p vaziyatlar yaratdik. Agar siz yutishni xohlasangiz, gol urishingiz, vaziyatlar yaratishingiz kerak.

Koreya hujumda yaxshi harakat qiladi. Ular barcha o‘yinlarda birinchi raqamli bo‘lib harakat qilishdi. Jamoaning hujum va yarimhimoyasida tezkor futbolchilar bor. Biroq biz ham o‘zimizning o‘yinimiz, rejamiz bo‘yicha maydonga tushamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Olimov shavkat
14/03/2023 12:53
Omad