Ravshan Ermatov O‘FAdan ketmoqdami? - Rasmiy javob

  • 8 fevral, 2020, 14:52
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Bir necha daqiqa oldin, internetda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga, Sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov Milliy olimpiya qo‘mitasiga o‘tayotgani borasida xabarlar tarqaldi.

Tecno

Ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatiga bog‘landik. Sport vazirligi matbuot xizmatida faoliyat yuritayotgan Otabek Eshmamatov yaqin soatlar ichida vazirlik rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lishini va bular haqida rasmiy ma’lumotlarni vazirlik saytida chop etilishini aytdi.

4(2)

Demak, bir necha soatdan so‘ng Sport vazirligi rahbariyatida o‘zgarish bo‘ladi va katta ehtimol bilan yuqoridagi nomlar ish joylarini o‘zgartirishadi. Vazirning birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov MOQga, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov esa sport vazirligiga o‘tadi.

Shuningdek, ma’lumotlarga qaraganda, vazirning yana bitta o‘rinbosari ham o‘zgarishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rustamov Dilmurod
16/12/2020 06:39
Ermatov Xam Ahmadjonov ha oʻxshabdida omad oʻzbek sportiga qoʻshgan xizmati uchun rahmat endi bu lavozimda Mirjalol Qosimov UFF vitse Perzidenti bolsâ ajabmas
Baxil Alihuja
08/02/2020 16:33
Косимов дегани бирон бир каттарокни угли булса керак, спорт хакида тушунчаси йук, лекин мактабни битириши билан жойлаштириб куйишган
Бахтиер Бобоев
08/02/2020 16:27
Фудболдаги нохаклик ва порахурликка чидолмаган