
Ravshan Ermatov Jahon chempionatini Markaziy Osiyo mamlakatlarida o‘tkazish tashabbusi bilan chiqdi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol konfederatsiyasining (CAFA) 6-Kongressi o‘tkazildi. Unda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligida o‘zbekistonlik mutaxassislar ham ishtirok etishdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Kongressda asosiy e’tibor 2022 yil rejalariga qaratildi. Taqvimga ko‘ra yil davomida CAFA shiori ostida 8 ta musobaqa o‘tkazilishi ijroiya qo‘mita tomonidan ma’qullandi.
Shuningdek, a’zo assotsiatsiyalarning takliflari o‘rganib chiqildi. O‘FA delegatsiyasi tomonidan 2025 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatini Markaziy Osiyo mamlakatlarida qabul qilish bo‘yicha tashabbus ilgari surildi. CAFA mintaqasi mamlakatlarida birlashgan Mundial o‘tkazish taklifi barcha ishtirokchilar tomonidan iliq kutib olindi. Ushbu tashabbus asosida loyiha ishlab chiqilishi ma’qullandi.
Fikrlar