
Ravshan Ermatov boshqargan, o‘zbekistonlik futbolchilar o‘ynagan uchrashuvda "Barselona" afsonalari yirik g‘alabaga erishdi
Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod shahrida “Barselona” akademiyasining filiali ochilishiga klub afsonalari tashrif buyurdi.
Tashrif davomida “Barselona” klubining sobiq vakillari Qirg‘iz Respublikasi, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston futbol faxriylaridan tashkil topgan Markaziy Osiyo terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston nomidan Baxtiyor Ashurmatov, Leonid Koshelev, Server Jeparov to‘p tepdi. Ravshan Ermatov va Abduhamidullo Rasulov hakamlik qildi.
Afsonalar bahsida Rivaldo, Sorin va Saviola tomonidan kiritilgan gollar "Barselona" faxriylariga g‘alaba keltirdi - 3:0.
Fikrlar