Ravshan Eliboev: "Ming afsuski, inson jarohatlardan holi emas"

  • 8 sentabr, 2024, 17:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Mini-futbol
BEPUL PROPAN

O‘zbekiston futzal terma jamoasining tajribali darvozaboni Ravshan Eliboev Mundial oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Jahon chempionati yuqori saviyada bo‘lib o‘tishiga ishonaman. Chunki ushbu turnirga milliy jamoamiz ancha vaqtdan beri jiddiy tarzda tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Turli yig‘inlar davomida top jamoalarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida yaxshi ishtirok etdik. Bu o‘yinlar orqali futzalchilarimiz eng optimal formaga kirib olishmoqda. Shu sababli yigitlar Jahon chempionatida juda ham yaxshi o‘yin namoyish etgan holda muxlislarni xursand qilishadi degan umiddaman. Axir bejzga aytishmaydiku “O‘z uyingda devorlar ham yordam beradi” deb.

O‘zimga to‘xtaladigan bo‘lsam: og‘ir jarohat sabab Jahon chempionatida milliy jamoamizga yordam bera olmasligimdan juda ham afsusdaman.

Shuningdek, jamoamizning eng kuchli  futzalchilaridan: Davron Choriev, Sunnatulla Jo‘raev, Anasxon Rahmatov va Abdulla Solihov  ham jarohatlar sababli jamoamizga yordam berolmaydi. Ming afsuski, inson jarohatlardan holi emas.

Nasib bo‘lsa qolgan jamoa doshlarimiz barcha jarohatdagi futzalchilar o‘rnini bildirishmaydi.

Jamoamizni tarixiy musobaqa davomida doimo qo‘llab-quvvatlaymiz hamda ularga qattiq ishonamiz",- dedi Eliboev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!