Raul Ximenes 230 kunlik muolajalardan so‘ng yana maydonga qaytdi

  • 18 iyul, 2021, 11:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vulverxempton" klubi hujumchisi Raul Ximenes bosh suyagi singanidan so‘ng ilk bor maydonga qaytdi.

Tecno

30 yoshli meksikalik futbolchi kecha “Kru Aleksandra”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. U Patrik Kutronening o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi va 34 daqiqa harakat qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ximenes 2020 yilning noyabr oyida jarohat olgan edi. Uning davolanishi uchun 230 kun ketdi.

"Vulverxempton" o‘tgan mavsum premer-ligani 13-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!