Rasmiy xabar! "Dinamo" Qodirqulov bilan shartnomani uzaytirdi

  • 11 dekabr, 19:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Samarqandning "Dinamo" jamoasi Sanjar Qodirqulov bilan shartnoma uzaytirdi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi. 

Tecno

"Dinamo» PFK shartnomasi yakuniga etayotgan bir qator o‘yinchilar bilan kelishuvni uzaytirishda davom etmoqda.

Jamoamizning etakchi yarimhimoyachilaridan biri Sanjar Qodirqulov bilan ham amaldagi kelishuv 2026 yil oxirigacha uzaytirilganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Sanjar mavsum davomida himoya hamda yarimhimoyadagi o‘yinlari va muhim gollari bilan jamoamizning g‘alabalariga katta hissa qo‘shdi. 

Ishonamizki, kelasi mavsumda ham Qodirqulov o‘z mahorati, tajribasi va mehnatkashligi bilan «Dinamo»ning muvaffaqiyatlarida munosib hissa qo‘shadi", - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Qodirqulov 2025 yilgi mavsum Superligada 28 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va ikki golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!