
Rasmiy xabar! "Brentford" O‘rinboev transferini e’lon qildi
"Paxtakor" futbolchisi Muhammadali O‘rinboev Angliyaning "Brentford" klubiga ijaraga berilgani haqida xabar bergandik. APL klubi ham futbolchimiz transferini rasman e’lon qildi.
Klublar o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, u 30 iyunga qadar "Brentford"da ijarada asosida o‘ynaydi. Ushbu muddatdan keyin esa Angliya klubi Muhammadalini sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. O‘rinboev "Paxtakor"da 17 yoshga to‘lmasdan o‘z debyutini o‘tkazgan va o‘z yosh toifasida terma jamoa a’zosi sanaladi.
Bu haqda futbolchimizning o‘zi quyidagicha fikr bildirdi:
- Har bir yosh futbolchi uchun Angliya premer-ligasi kabi kuchli ligada to‘p tepish orzu sanaladi. Shunday ajoyib klub safiga qo‘shilganimdan va maqsadlarimga sekin-astalik bilan erishib borayotganimdan mamnunman.
Shu ergacha etib kelishimda yordam bergan ota-onamga, "Paxtakor"dagi murabbiylarga, do‘stlarimga va umuman, barcha-barchaga o‘z minnatdorchiligimni izhor etaman. Endi yanada qattiqroq mehnat qilaman va o‘zbek futbolchilarining nimalarga qodir ekanini butun dunyoga ko‘rsataman, Xudo xohlasa.
Fikrlar