
Rasman! “Yuventus” yangi transferni e’lon qildi (Foto)
“Jenoa” himoyachisi Andrea Kambyaso “Yuventus” bilan shartnoma imzoladi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.
22 yoshli italiyalik bilan kelishuv 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.
“Keksa sinora” futbolchisi Radu Dregushin esa Genuya klubi safiga o‘tdi. 20 yoshli ruminiyalik fulbek majburiy sotib olish sharti bilan 2022/23 yilgi mavsum oxirigacha “griffonlar” sharafini himoya qiladi.
"Yuventus" Kambyaso uchun 8,5 million evro to‘ladi. Shuningdek, "Jenoa" yana 3 million evro bonus sifatida to‘lashi mumkin.
Kambyaso - Genuya klubi tarbiyalanuvchisi. O‘tgan mavsum futbolchi “Jenoa”ning A seriya doirasidagi 27 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar