
Rasman! Yarim mavsum "Qayrat" safida harakat qilgan Jasur Jaloliddinov O‘zbekiston Superligasiga qaytdi
Qishki transfer oynasida Qozog‘istonning "Qayrat" klubiga ijara asosida ko‘chib o‘tgan Jasur Jaloliddinov faoliyatini yana O‘zbekiston Superligasida davom ettiradi.
"Lokomotiv" Jasurning qaytganini e’lon qildi va ushbu videoni o‘z sahifasiga yukladi. 20 yoshli pleymeykerning "temiryo‘lchilar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilda nihoyasiga etadi.
U jamoaga "Andijon"dan kelib qo‘shilgan va toshkentliklar libosida 11 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar