
Rasman! Xoland "shaharlik" bo‘ldi
"Manchester Siti" klubi matbuot xizmati "Borussiya" Dortmund hujumchisi Erling Xolandning transferini rasman e’lon qildi.
Turli manbalarga ko‘ra, 21 yoshli norvegiyalik futbolchining transfer narxi APL chempioniga 60-75 million evroga tushgan bo‘lishi mumkin. Futbolchining agenti va qolgan vakillari 50 million evro olgan. Xolandning o‘zi esa “shaharliklar” bilan 2027 yilgacha shartnoma imzolagan. U endi yiliga 21 million evro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, Xoland "Borussiya" safida 2020 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U nemis grandi safida jami 89 ta o‘yinda maydonga tushib, 86 ta gol urdi va 23 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U bungacha "Bryune", "Molde" va "Red Bull Zaltsburg" jamoalarida ham to‘p surgan.
Fikrlar