Rasman! Xebay yangi klubi bilan shartnoma imzoladi

  • 8 sentabr, 2024, 23:30
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Andijon"ning sobiq hujumchisi Rubin Xebay faoliyatini Tunisda davom ettiradigan bo‘ldi. Futbolchi rasman "Sfaksen" bilan shartnoma imzoladi. 

Tecno

O‘tgan mavsumni Saudiyada o‘tkazgan Xebay "Al-Oruba"dan ketishga qaror qildi. Unga O‘zbek klublari ham qiziqish bildirishdi, lekin strayker bilan kelishish qiyin bo‘ldi. "Navbahor" esa buni uddalagandi, lekin klubda legioner transfer ta’qiqi bor edi. Shunday qilib, Rubinni ortga qaytarib bo‘lmadi. 

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli alban Superligada 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Сохипов Хусанбой
09/09/2024 09:14
Навбахор любой нарсани уддалайди, гап йук, Хебайни кейинги уйинларига омад.