
Rasman! Xames Rodriges faoliyatini Osiyoda davom ettiradi (foto)
Jahonning eng mashhur futbolchilaridan biri Xames Rodriges rasman faoliyatini boshqa jamoa safida davom ettiradi.
Qatarning "Al-Rayyan" klubi kolumbiyalik yulduz transferini e’lon qildi. U yangi jamoasi safida ijara asosida harakat qiladi. Mazkur transferning moliyaviy tavsilotlari hozircha e’lon qilinganicha yo‘q.
Faoliyati mobaynida "Monako", "Real", "Bavariya" va "Everton" kabi mashhur klublar sharafini himoya qilgan 30 yoshli yarim himoyachi so‘nggi jamoasi "irischilar" tarkibida joriy mavsum birorta o‘yin o‘tkazmadi.
Fikrlar