Rasman: “Vilyarreal” va “Barselona” uchrashuvi AQShda o‘tkaziladi
La Liganing 17-turidan o‘rin olgan “Vilyarreal” va “Barselona” uchrashuvi joriy yilning 20 dekabr kuni Mayami shahridagi “Hard Rock” stadionida bo‘lib o‘tadi. Liga rahbari Xaver Tebas ushbu qarorga quyidagicha izoh berdi.
"Bu uchrashuv — tarixiy qadam bo‘lib, La Liga va Ispan futbolini yangi darajaga olib chiqadi. Biz bu qaror tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xavotirlarni tushunamiz va hurmat qilamiz. Bu mavsumdagi 380 ta o‘yindan faqat bittasi boshqa davlatda bo‘lib o‘tadi.
La Liga butun dunyodagi millionlab tomoshabinlarni, jumladan klublarga shavq bilan ergashadigan muxlislirga kamida bir marta jonli o‘yinni ko‘rish imkoniyatini taqdim etadi. Bu uchrashuv futbolimizni global fan-bazaga yaqinlashtirishga qaratilgan, shu bilan birga Ispaniya bo‘ylab har hafta maydonlarda bahramand bo‘ladigan muxlislarimizga sadoqatimizni kamaytirmaydi",— Tebas.



Fikrlar