Rasman. Viktor Dyokeresh — endilikda "Arsenal" futbolchisi!
Londonning "Arsenal" klubi rasman Viktor Dyokereshning transferi haqida e’lon qildi. Futbolchi Portugaliyaning "Sporting" jamoasidan xarid qilindi va u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolandi.
Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, angliyaliklar 27 yoshli to‘purar uchun 63,5 million evro to‘laydi. Shuningdek, shartnomada 10 million evro miqdoridagi bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Shvedtsiyalik forvard "kanonirlar" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Eslatib o‘tamiz, forvard "Sporting" safida umumiy 102 ta uchrashuvda ishtirok etib, 97 ta gol va 26 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar