
Rasman! Varan - "Komo" futbolchisi
Rasman Italiyaning "Komo" klubi o‘z tarkibiga Rafael Varanni qo‘shib olganini e’lon qildi.
Himoyachi jamoa bilan erkin agent sifatida 2+1 ko‘rinishida shartnoma imzolandi, ya’ni bitim 2026 yilgacha amal qiladi va uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud bo‘ladi.
Varan shu yozda "Manchester Yunayted" bilan xayrlashgandi. Uni Evropani tark etish ehtimoli ham bor edi. Ammo Sesk Fabregas uni o‘z jamoasida ko‘rishni istadi va bu transferni rahbariyatdan so‘ragan.
Fikrlar