
Rasman! UEFA Mbappening goli ofsayddan urilganini ma’lum qildi
Xabaringiz bor, bir necha kun avval UEFA Millatlar ligasi finali doirasida Ispaniya - Frantsiya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda frantsuzlar raqibdan 2:1 hisobida ustun keldi.
Mazkur uchrashuvning 80-daqiqasida Kilian Mbappe jamoasining ikkinchi golini urgandi. Bu epizod bo‘yicha so‘nggi kunlarda ko‘p bahs munozaralar bo‘ldi. Sababi, 22 yoshli hujumchi gol bo‘lgan vaziyatda ofsayd holatida edi. Biroq "qizil furiya" himoyachisi Erik Garsiya to‘pga biroz tegib ketganligi sababli, bosh hakam golni inobatga oldi.
Bugun UEFA o‘z saytida ushbu gol ofsayd holatidan urilganligini tasdiqladi. Lekin bu qaror o‘yin natijasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ya’ni, chempionlik maqomi "uch ranglilar"da qoladi.
Fikrlar