Rasman! Tyago Alkantara - "Liverpul" futbolchisi (Foto)

  • 18 sentabr, 2020, 21:56
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi yarim himoyachisi Tyago Alkantara faoliyatini "Liverpul"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

EiNWSImWoAQK7mu

Manbaning ma’lum qilishicha, mersisaydliklar ispaniyalik xavbek bilan shartnoma imzoladi. Ammo futbolchining transfer narxi va bitim qancha muddatga tuzilgani borasida xabar berilmagan. Oldinroq tomonlar 4 yillik kelishuvga erishganlari aytilgandi. Tyago Alkantara APL klubida 6-raqamda to‘p tepadi.

LFcGzEiA

- Bu ajoyib tuyg‘u. Men bu onlarni anchadan beri kutgandim. Shu erda ekanligimdan xursandman. Menimcha, bu jamoa menga mos, bu klub bilan ko‘plab sovrinlarga ega chiqishni istayman, - dedi 29 yoshlik xavbek.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!