
Rasman! TsSKA Abbos Fayzullaev transferini ajoyib video orqali e’lon qildi! (Video)
TsSKA klubi yosh futbolchimiz Abbos Fayzullaev transferini rasman e’lon qildi. Legionerimiz yangi jamoasida 21-raqam ostida to‘p tepadi.
U moskvaliklar bilan 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi. Tomonlarda kelishuvni uzaytirish huquqi ham mavjud.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda TsSKA RPL turnir jadvalida 2-turdan so‘ng 3 ochko bilan 8-pog‘onani band etgan.
Fikrlar