Rasman! "Tottenxem" buni tasdiqladi

  • 15 iyul, 2023, 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris London klubini tark etishi mumkin.

Tecno

“Shporlar” safida 2012 yildan buyon o‘ynab kelayotgan frantsiyalik posbon boshqa klublarning istiqbolli takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda. Bayonotda qayd etilishicha, rahbariyat unga yangi jamoa izlashga ruxsat bergan. Shu sababli Loris jamoaning mavsumoldi yig‘inida ishtirok etmaydi.

Frantsiyalik darvozabon “Tottenxem” safiga 2012 yilda “Lion”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida London klubi tarkibida jami 447 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z darvozasidan 508 ta gol o‘tkazib yuborgan, 151 uchrashuvda esa Loris o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga erishgan. 

Bundan avvalroq Lorisga PSJ, "Bavariya", "Inter" hamda Saudiya Arabistoni klublaridan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!