
Rasman! "Tottenxem" 21 yoshli Jed Spensni sotib oldi (foto)
"Tottenxem" "Midlsbro"ning o‘ng qanot himoyachisi Jed Spensni sotib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
21 yoshli futbolchi 2027 yilga qadar amal qiladigan shartnomaga imzo chekkan. Transfer narxi bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 20 million funt sterling ekani aytilgan.
U o‘tgan mavsumni ijara asosida "Nottingem Forest"da o‘tkazdi. Jed u erda 46 o‘yinda ishtirok etdi va 3 gol muallifiga aylandi.
Shuningdek, Spens Angliya U-21 terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Himoyachi o‘zining halqaro debyutini Albaniyaga qarshi o‘yinda o‘tkazgan.
Fikrlar