Rasman: To‘rt futbolchi ketdi!

  • 31 may, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa ligasi g‘olibi “Tottenxem” Angliya Premer-ligasini 17-o‘rinda yakunladi va yozda jamoa tarkibini qayta shakllantiradi.

Tecno

Jamoada tozalash ishlari boshlandi. Klub rasmiy sayti jamoani to‘rt futbolchi tark etganini rasman e’lon qildi.

Xususan, darvozabonlar Freyzer Forster va Elfi Uaytmen, himoyachi Serxio Regilonning amaldagi shartnomasi yakunlandi. “Shporlar” ularga yangi bitim taklif qilmadi.

“Leyptsig”dan ijaraga olingan mashhur hujumchi Timo Vernerning o‘yini va ko‘rsaktichlari murabbiylar shtabini qoniqtirmadi va nemis futbolchisi o‘z jamoasiga qaytarib yuborildi.

“Tottenxem” Evropa ligasidagi g‘alabasi evaziga kelasi mavsumda Chempionlar ligasida qatnashadi. Klub rahbariyati tarkibni xalqaro maydonda kurash olib boradigan darajada kuchaytirmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!