
Rasman! Superliga ishtirokchilari soni 16 taga etkaziladi
2025 yilgi mavsumdan boshlab Superligada 16 ta jamoa ishtirok etadi. Bu orqali mavsum davomidagi tur o‘yinlari soni 30 taga etadi.
Liga so‘nggi to‘rt mavsum davomida Superliga ishtirokchilari soni sport prinstsiplariga zid ravishda o‘zgarmasligi uchun kurashib keldi. OFK litsenziyasini qo‘lga kiritayotgan klublar sonining ortib borayotgani, rasmiy uchrashuvlar o‘tkazish imkoniyatini beruvchi maydonlar va ulardagi projektorlar minimal talablarga moslanganidan kelib chiqib, 2025 yildan boshlab jamoalar sonini oshirish rejalashtirildi.
Superliganing 2024 yilgi mavsumida 14 ta jamoa g‘oliblik uchun raqobatlashadi. Yakunda so‘nggi o‘rinni egallagan 1 ta jamoa musobaqa bilan xayrlashadi. Uning o‘rniga Pro liganing dastlabki ikki jamoasi Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Yana 1 ta yo‘llanma esa Superliganing 12-13 hamda Pro liganing 3-4-jamoalari o‘rtasida o‘ynaladi. Bunda Pro liganing 4-jamoasi uy o‘tish o‘yinida Superliganing 12-jamoasini, Pro liganing 3-jamoasi esa uy o‘tish o‘yinida Superliganing 13-jamoasini qabul qiladi. Har ikki bellashuv mag‘lublari neytral maydonda Superliganing 16-ishtirokchisi nomiga oydinlik kiritadi.
Bundan ko‘rish mumkinki, Superligada 12-o‘rin bilan kifoyalangan jamoa ham 2025 yilgi mavsumni Pro ligada o‘tkazishi, Pro liganing to‘rtinchi jamoasi esa aksincha, Superliga yo‘llanmasiga ega chiqishi mumkin. Muhimi, barchasi sport printsiplaridan kelib chiqib, amalga oshiriladi.
Fikrlar
Утиш турниридаги ягона уйин супер лигада 12чи 13 чи уринларни олган жа
моалар майдонида утказилиши керак.
Чунки уз майдонида уйнаганда заиф жамоа хам узидан анча кучли жамоани ютиб куйиши мумкин .
Агар шундай булса супер лигага заиф жамоа йул олади, бу эса уз навбатида супер лигани заифлашишига сабаб булади.
Агар про лига жамоаси мехмонда галаба козонса буни тасодиф булиш фоизи жуда кам булади. Уз уйида про лига жамоасига ютказган супер лига жамоаси эса хакикатдан хам про лигага тушиб кетишга лойик булади.
Бунака булса :Хар икки беллашув ГОЛИБЛАРИ тугридан тугри Про Лигага йул оладиларми?