Rasman. Son Xyon Min - "Los-Andjeles" futbolchisi!
Janubiy koreyalik futbolchi Son Xyon Min Angliyaning "Tottenxem" klubini tark etib, AQShning "Los-Andjeles" (LAFC) klubiga o‘tdi.
Klublar o‘rtasidagi kelishuv doimiy transfer asosida amalga oshdi. Yangi shartnoma 2027 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, 2029 yil iyunigacha uzaytirish imkonini ham o‘z ichiga oladi.
Son "Tottenxem" safida 454 ta o‘yinda maydonga tushib, 173 ta gol urdi va klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar beshligiga kirdi. Shuningdek, 101 ta golli uzatmani ham o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar