
Rasman! "So‘g‘diyona"ni yana bir tajribali futbolchi tark etdi
Joriy mavsum boshida "So‘g‘diyona" jamoasi bilan shartnoma imzolagan himoyachi Artyom Filiposyan jamoa bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Artyom Filiposyan birinchi davrada Superligada 12 ta uchrashuvda maydonga tushib jami 513 daqiqa harakat qildi. Shuningdek, jizzaxliklarning OFK kubogi guruh bosqichidagi muvaffaqiyatli ishtirokida xam o‘z xissasini qo‘shdi.
Avvalroq, jamoani yana bir tajribali futbolchi Marat Bikmaev ham tark etgandi.
Fikrlar