Rasman! "So‘g‘diyona" Chernogoriya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi

  • 10 yanvar, 2024, 22:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«So‘g‘diyona» qishki transferlar oynasida o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etadi.

Tecno

Chexiyaning «Yablones» jamoasi safida 6 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan tajribali hujumkor yarim himoyachi "So‘g‘diyona" bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida Vladimir Yovovich 1994 yil 26 oktyabrda tavallud topgan. Yovovich faoliyati davomida umumiy hisobda 275 uchrashuv maydonga tushib 36 gol hamda 48ta golli to‘p uzatma amalga oshirgan.

Yovovich Chernogoriya terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. Hozirga vaqtga kelib terma jamoa safida 54 ta o‘yin o‘tkazgan. O‘tgan mavsumda «Yablones» tarkibida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib o‘z hisobiga 2 ta golli to‘p uzatma yozdirib qo‘ygan.

yovovich

Shuningdek, Yovovich Chernagoriyaning «Suteska» klubi bilan ham ikki karra chempionlikni nishonlagan.

Futbolchi faoliyati davomida «Suteska», «Yablones», «Srvena Zvezda», «Spartak», «Napredak», «OFK Belgrad» jamoalarida to‘p tepgan. Uning so‘ngi jamoasi «Yablones» hisoblanadi.

"So‘g‘diyona" matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
MAMATQULOV G‘AYRAT
11/01/2024 07:39
ФОЙДАЛИ ХАРИД БУЛИБДИ. ЧЕМПИОНАТИМИЗГА СИФАТЛИ ЛЕГИОНЕРЛАР ЖУДА КЕРАК!