Rasman! Shohruh Gadoev "Neftchi" futbolchisiga aylandi

  • 4 yanvar, 22:58
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘onaning "Neftchi" klubi navbatdagi transferni e’lon qildi. Shohruh Gadoev "Neftchi" futbolchisiga aylandi.

Tecno

"Yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborgan jamoamiz navbatdagi  kelishuvni amalga oshirdi. 1991 yilda Qashqadaryo viloyatining Koson shahrida tavallud topgan tajribali futbolchi Shohruh Gadoev "Neftchi"  bilan shartnoma imzoladi. 

Shohruh Gadoev professional futbolchilik faoliyatini Qarshining "Nasaf" jamoasida boshlab, keyinchalik "Buxoro" hamda "Bunyodkor" klublarida davom ettirdi. Shuningdek, legioner sifatida Bahraynning "Al-Muharraq", Janubiy Koreyaning "Tedjon Sitizen" va Ozarbayjonning "Keshlya" kabi jamoalarida to‘p surdi", - deyiladi klub matbuoti xabarida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!