Rasman! Sherzod Nasrullaev kelasi mavsumni "Nasaf"da o‘tkazadi

  • 13 yanvar, 13:08
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sherzod Nasurllaev "Nasaf" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi. Unga ko‘ra, kelishuv 2025 yilning yakuniga qadar mo‘ljallangan. 

Tecno

"Nasaf” futbol klubi etakchilar bilan shartnomalarni uzaytirmoqda!  Jamoamiz etakchilardan biri, terma jamoa a’zosi Sherzod Nasrullaev bilan shartnoma uzaytirildi! 

Sherzod yangi mavsumda ham jamoamiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shishini va jamoa bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishini tilab qolamiz", - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Nasrullaev 2024 yilgi mavsum Superligada 21 ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol va beshta samarali uzatmani amalga oshirdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!