Rasman! Sharmandali mag‘lubiyatdan so‘ng, bosh murabbiy haydaldi

  • 13 dekabr, 2020, 20:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Dortmundning “Borussiya” klubi rahbariyati o‘z maydonidagi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng,  bosh murabbiy Lyusen Favrni iste’foga chiqardi. Dortmundliklar Bundesliganing 11-turida “Shtutgart”ga 1:5 hisobida yutqazgan edi.

Tecno

Favr bilan birga uning yordamchisi Manfred Stefesga ham chiqish eshiklari ko‘rsatildi. Endi mavsum oxirigacha jamoani yana bir yordamchi murabbiy Edin Terzich o‘yinlarga tayyorlaydi.

Favr “Borussiya”ni 2018 yildan beri boshqarayotgan edi.

Klub rahbariyati qaqshatqich mag‘lubiyatni hazm qila olmadi va qaror chiqarishda jamoa Chempionlar ligasining guruh bosqichida birinchi o‘rinni egallaganini ham inobatga olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!