
Rasman! "Shalke"da "Tottenxem"ning sobiq bosh murabbiyi ish boshladi
"Shalke" o‘zining rasmiy sayti orqali Kristian Grossni bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 66 yoshli shveytsariyalik mutaxassis gelzenkirxenliklar bilan joriy mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, Gross murabbiylik faoliyati davomida "Tottenxem", "Shtutgart" va "Bazel" klublarini boshqargan. Uning so‘nggi ish joyi "Al-Axli" klubi bo‘lgan edi.
“Shalke” 13 turdan so‘ng 4 ochko jamg‘argan holda Bundesliga musobaqa jadvalida so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.
Fikrlar