Rasman! Serxio Ramos yangi klub bilan shartnoma imzoladi

  • 8 iyul, 2021, 14:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ matbuot xizmati ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi.

Tecno

“Real” bilan yangi shartnomaga kelisha olmagan 35 yoshli futbolchi parijliklar safiga erkin agent sifatida bepul qo‘shildi.

Qizig‘i shundaki, PSJ bir necha soat avval Ramosning kelgani haqida xabar qo‘yib, keyinchalik uni o‘chirib yuborgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Serxio PSJ bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekkan.

0-1625716147-Diyora-post-material

Ramos “Real” timsoliga aylangan futbolchilardan hisoblanar edi. U 16 yil davomida “qirollik klubi”da jami 671 uchrashuv o‘tkazib, 101 gol urgan va 40 golli pas oshirgan. Besh karra mamlakat chempioni, ikki karra kubok sohibi va to‘rt marotabadan Chempionlar ligasi va klublar o‘rtasida jahon chempioni bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!