Rasman! Sergeev "Zenit" futbolchisiga aylandi (FOTO)

  • 10 yanvar, 2022, 22:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Krilya Sovetov" hujumchisi Ivan Sergeev faoliyatini "Zenit"da davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 26 yoshli rossiyalik futbolchi mamlakat chempioni bilan 2024/25 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolagan.

Ofitsialno: Ivan Sergeev - futbolist "Zenita"

Ta’kidlash kerakki, Sergeev samaraliklarning joriy mavsumdagi eng yaxshi to‘purari hisoblanadi. U premer-liganing 18 ta bahsida maydonga tushib, raqib darvozasiga 6 ta gol urgan va jamoasining 4 ta goliga assistentlik qilgan.

U o‘tgan mavsum FNLda 39 ta o‘yinda 40 ta gol kiritishgan muvaffaq bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mansurjon Umarbekov
10/01/2022 22:12
O‘zimizni Sergeyev debman