Rasman! Sami Xedira Bundesligaga qaytdi

  • 1 fevral, 2021, 22:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik yarim himoyachi Sami Xedira faoliyatini o‘z vatanida davom ettiradigan bo‘ldi. Aniqrog‘i, u “Yuventus”dan “Gerta”ga ko‘chib o‘tdi.

Tecno

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga qaraganda, 33 yoshli futbolchi Berlin klubida 28-raqamda to‘p suradi.

“Gerta” klubi sport direktori Arne Fridrix Xediraning transferi bo‘yicha quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

“Biz u bilan 2010 yil Janubiy Afrikada o‘tkazilgan jahon chempionatida bir jamoada edik. Men uning etakchilik fazilatlari bilan shaxsan tanishman va u “Gerta” futbolchisiga aylanganidan juda ham xursandman”, - dedi Xedira.

Sami Xedira “Yuventus” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. Ammo u joriy mavsum birorta ham o‘yinda maydonga tushgani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!