
Rasman: Ruslan Jiyanov "Navbahor" futbolchisi!
2023 yilning so‘nggi kunida “Navbahor” klubi ham bir qator muhim shartnomalar imzolanganini e’lon qilib bormoqda. Yaqin soatlar ichida klub matbuot xizmati yana bir transferni e’lon qildi.
Mahoratli hujumchi Ruslanbek Jiyanov “Navbahor” bilan shartnoma imzoladi.
Uning oxirgi klubi Rossiyaning “Nijniy Novgorod” jamoasi bo‘lganini yaxshi bilasiz. Endilikda Jiyanov namaganliklar sharafini himoya qiladi.
Fikrlar