Rasman! "Roma" futbolchisi terma jamoadagi faoliyatini yakunladi

  • 3 mart, 2022, 15:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" futbolchisi Geynrix Mxitaryanning Armaniston milliy terma jamoasidagi faoliyati nihoyasiga etdi.

Tecno

Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida ma’lum qilgan. "95 o‘yin! Mashaqqatli mehnat, ishtiyoq, misli ko‘rilmagan yuksalish va pasayishlardan so‘ng terma jamoadagi faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. 

Menimcha, hozir buning uchun eng qulay fursat. Men milliy terma jamoam uchun qo‘limdan kelgan barchasini berdim. Yaqin yillar ichida bor e’tiborimni klubimga qaratmoqchiman",-deya yozib qoldirdi Geynrix "Tvitter"dagi sahifasida.

33 yoshli futbolchi 2007 yilda Armaniston terma jamoasi safida debyut qilgan va bu vaqt oralig‘ida 95 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!